locale OZ

Shahzod Rahmatullaev «Qizilqum»da qoladi

Superliga-2025 mavsumida Rahmatullaev 28 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shahzod Rahmatullaev «Qizilqum»da qoladi
Фото: Қизилқум ПФК

Navoiyning “Qizilqum” jamoasi yarim himoyachisi Shahzod Rahmatullaev kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi.

21 yoshli futbolchi “oltin izlanuvchilar” safida qoladigan bo‘ldi. Klub uni jamoada olib qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Futbolchiga “Dinamo”, “Buxoro” va “Mash'al” klublaridan takliflar bo‘layotgani aytilayotgan edi. Shunga qaramay, klub asosiy o‘yinchisini saqlab qolishga qaror qildi.

Superliga-2025 mavsumida Rahmatullaev 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting