Sergey Lushan: \"Raqib penaltidan gol urdi\"
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
15.06.2025, Yak.
Nasaf Qarshi
1
Navbahor Namangan
0
Oʻzbekiston Superligasining 12-turidan oʻrin olgan "Nasaf" - "Navbahor" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “lochinlar” bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etib, oʻyin borasida oʻz fikrlarini bildirdi.
"Nasaf"ni gʻalaba bilan tabriklayman. Qiyin uchrashuv boʻldi. Ikki teng jamoa toʻqnash keldi. Bizda birinchi boʻlimda deyarli yuz foizlik vaziyat boʻldi, ammo undan foydalana olmadik. Raqib esa penaltidan gol urdi. Oʻyin golgacha davom etar edi va shunday ham boʻldi, - dedi Sergey Lushan.
Ibrohim Jalolov
Redaktor