locale OZ

“Sarhisob”. Superligamizning 3-turida nimalar sodir bo'ldi?

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Sarhisob”. Superligamizning 3-turida nimalar sodir bo'ldi?
FOTO: Pakhtakor FC

O'zbekiston Superligasida 3-tur uchrashuvlari o'z yakuniga yetdi. Ushbu tur qiziqarli bahslar va kutilmagan natijalar bilan yodda qoldi.

Dastlab, “Xorazm” maydoniga safar qilgan “Buxoro” 4:1 hisobida zafar quchdi. OKMK ham safardan 3:1 hisobidagi g'alaba bilan qaytdi. “Bunyodkor” esa o'z uyida “Surxon”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 3:1.

“Mash'al” “So'g'diyona”ni 1:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, “Qo'qon-1912” va “Sho'rtan” bahsida hisob ochilmadi.

Turning ikki markaziy o'yinida ham g'olib nomi aniqlanmadi. “Navbahor” va “Andijon” 2:2 hisobida jangovor durangga imzo chekkan bo'lsa, “Nasaf” - “Neftchi” o'yini nursiz durang bilan yakunlandi.

3-turning eng kutilmagan natijasi Toshkentda qayd etildi. O'z uyida “Dinamo”ni qabul qilgan “Paxtakor”, garchi o'yin borasida ustunlikka erishgan bo'lsa-da, bu natijada o'z aksini topmadi va 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

3-tur yakunlariga ko'ra turnir jadvali quyidagicha ko'rinish oldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting