Samvel Babayan: «Oʼyin natijaga mos boʼlmadi»
“Nasaf” – “Andijon” (1:0) o'yinidan keyingi matbuot anjumanida dastlab jamoamiz ustozi Samvel Babayan qatnashdi.
- Bugun chempionatdagi 5 chi o'yinimiz, afsuski mag'lub bo'ldik. O'yin natijaga mos bo'lmadi. Qaysidir vaziyatda “Nasaf” to'pni nazorat qildi, lekin darvozamiz oldida yaqqol vaziyat yarata olmadi. Mag'lubiyat alamli, albatta. Birgina vaziyatda tezkor xujumni o'tkazib yubordik. Raqib darvozaboni tezkorlik bilan boshlab bergan vaziyatdan foydalandi. O'z xatoimiz tufayli yutqazdik. Xatolarni o'rganib, ishlashda davom etamiz. Uzoq yo'l bosib kelgan muxlislarimiz oldida mag'lub bo'lish juda alamli va ularni oldida xijolatdamiz. Muxlislarimizga achinarli bo'ldi, ular uzoq yo'l bosib kelib bizni qo'llashdi. Men ulardan uzr so'rayman. Prinsipial raqibga mag'lub bo'lish og'ir zarba. Lekin biz kuchli jamoa bo'lmoqchi bo'lsak, shijoat topib mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqarishimiz kerak.
- Cheran va Boake ko'p harakat qilishdi. Ammo yarim himoya ularga kamroq yordam bergani tufayli ushbu juftlik samarasiz o'ynadi. Bu fikrga qo'shilasizmi?
- Birinchi navbatda ular himoyada katta hajmdagi ishni bajarishdi. To'p nazorati paytida keng harakatlandik. Lekin Cheran va Boake bog'lami effekt bermadi. O'rta zonada muammolarimiz mavjud. Hujum tashkil etishda rivojlanish bo'lmayapti. Shuningdek, himoyada hujumga o'tishda ham kamchiliklarimiz ko'rindi. Bir qancha sabablar bor. Vaziyatlar yarata olmadik, biz ko'proq to'pni pastroqda olib harakatlandik. Raqib darvozasiga qadar 50-60 metr masofadan ishg'ol qilish qiyin, ayniqsa, raqibning uch nafar himoyachilari tartibli harakatlandi. “Nasaf”ni oldingi o'yinlaridan ko'ra, bugun “Nasaf” ximoyasi tartibli o'yin ko'rsatdi.