Ruzikul Berdiev: «Durang natija bugungi bahsga mos bo‘ldi»
Superliga 15-turi doirasidagi "Dinamo" - "Nasaf" (2:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ruzikul Berdiev o‘z fikrlarini bildirdi.
«Bugun ikkita yetakchi jamoa maydonda o‘ynagani bilinib turdi. Chunki uchrashuvda kurash ham bo‘ldi, o‘yin tashkiloti va sifati ham yuqori bo‘ldi. Bugungi eng bahsli vaziyat – VARning yo‘qligi bo‘ldi. Bunday o‘yinda VAR juda zarur edi, sababi VAR ko‘rib chiqadigan vaziyatlar yuzaga keldi. Nima sababdan VAR bo‘lmagani ushbu bahsni bezamadi, deyish mumkin. "Dinamo" to‘p bilan yaxshi harakat qilmoqda, o‘z muxlislari oldida ham yaxshi o‘yinlarni namoyish etib kelmoqda. Biz birinchi bo‘limning o‘rtasidan so‘ng muvozanatni yo‘qotdik. Natijada ikki gol o‘tkazdik. Ikkinchi bo‘limda g‘alaba uchun harakat qildik, afsuski, durang bo‘ldi. Menimcha, durang natija bugungi bahsga mos bo‘ldi», – dedi Ruzikul Berdiev o‘yindan so‘ng.