locale OZ

Ruzikul Berdiev: \"Biz bugun ikki ochko yo'qotdik\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ruzikul Berdiev: "Biz bugun ikki ochko yo'qotdik"
Photo: Navbakhor PFK

Bugun bo'lib o'tgan Superliga 14-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Paxtakor" (2:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ruzikul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugun biz g'alabaga munosib edik, raqibdan ham kuchliroq edik. Lekin o'yinning oxirgi daqiqalari biz uchun noxush yakunlandi. Ikki ochko yo'qotdik deb o'ylayman. O'sha vaziyatda, hisob 2:0 bo'lgan paytda ular o'yinni to'xtatmadi. Lekin buni ham qabul qilishimiz kerak. Ba'zi jamoalar bor, bu narsaga amal qilmaydi, bu narsani tushunmasayam kerak. O'sha uchun o'sha vaziyatda yigitlarimiz ozroq diqqatini yo'qotib, futbolchilarning aytishicha to'pni to'xtatadi, chiqarvoradi deb o'ylagani uchun birinchi goldan keyin o'yin o'zgarib ketdi. Ikkinchi goldagi vaziyatda yigitlar kurashda to'xtab qolishdi. Bu biz uchun og'ir bo'ldi. Lekin buni ham to'g'ri qabul qilamiz va Samarqanddagi o'yinga yaxshiroq tayyorgarlik ko'ramiz degan umiddamiz", — dedi Berdiev.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting