Rustambek Qurbonboyev: \"Biz asosan yosh futbolchilarni o'ynatamiz\"
Surxon - So'g'diyona (2:1) o'yinidan so'ng mezbonlar sport direktori Rustambek Qurbonboyev matbuot anjumanida qatnashib, OAV vakillarining savollariga javob berdi:
"Oson o'yin bo'lmasligini bilardik, chunki So'g'diyona - juda yaxshi jamoa. O'ringa qaramasdan, jamoa yaxshi ekanligini bilardik, jamoaning o'yinlarni yaxshi o'rganib chiqdik. Shunga yarasha jiddiy tayyrogarlik ko'rdik. Xudoga shukur, omadimiz keldi va biz g'alaba qozondik. O'ylashimcha, eng yaxshi o'yinni o'tkazmadik. Shunga qaramasdan, g'alaba qozonishimiz uchun xursandmiz. Bolalarga, murabbiy shtabiga va muxlislarni ushbu g'alaba bilan tabriklayman
Biz hammamiz bilamiz, Abdug'ofur hozir optimal formada emas. Biz bilan Turkiyadagi yig'inda qatnashmaganligidan tashqari, yoshlar terma jamoani yig'inida ham qatnashgan. Va u tizzasidan jarohat olgan, va ko'p mashg'ulotlni o'tkazib yubordi. Bu narsa ham ta'sir qilgan. Futbolda 1-2 oy mashg'ulot qilmasligi - bu o'zi katta narsa. Hudoga shukur u jarohsiz amaliyotini o'tkazdi. Lekin biz bu ustida ishlamoqdamiz. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiymiz u bilan alohida ishlamoqda. Bizda ikki nafar hujumchimiz bor. E'tibor bergan bo'lsangiz, biz asosan 4-3-3 taktik sxema bo'yicha o'ynaymiz. Muhammad-Ali Abdurahmonov hozir yaxshi o'ynamoqda. Ammo, Abdug'ofurga o'yini amaliyotini bermasdan ish tutmadik. Kubokda o'ynamoqda, har bir o'yinda yarim soatdan o'ynamoqda. Biz Haydarovning o'tgan mavsumda ko'rsatgan o'yiniga qaytishi uchun manfaatdormiz va jamoa unga yordam beradi. Ozgina sabr qilishimiz kerak. Abdug'afur Haydarov - kelajagi bor futbolchi. Undan tashqari, ko'p yosh futbolchilarimiz bor. Biz asosan yosh futbolchilarni o'ynatamiz va ularga imkoniyat bermoqdamiz",-deydi mutaxassis