locale OZ

Ruis: «Finalga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega ekanimizni tushunamiz»

Ispaniyalik futbolchi Fransiyaga qarshi bo‘ladigan bahs oldidan fikr bildirdi.
Ruis: «Finalga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega ekanimizni tushunamiz»
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
14.07.2026, 15.00
Fransiya
-
Ispaniya
-

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Fabian Ruis 2026 yilgi jahon chempionati yarim finalida Fransiyaga qarshi kechadigan uchrashuv haqida fikr bildirdi.

«Aslida, Fransiya terma jamoasida mening klubdoshlarim juda ko‘p. Biz ularning saviyasini yaxshi bilamiz. Bu juda keskin va murosasiz o‘yin bo‘ladi. Biz finalga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega ekanimizni tushunamiz. Shu sababli g‘alaba qozonib, hal qiluvchi bosqichga yo‘l olish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz», — dedi Ruis Mundo Deportivo nashriga.

Ma’lumot uchun, Ispaniya terma jamoasi chorak finalda Belgiya jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga chiqqan edi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting