«Roma» Dovbikni «Milan» hujumchisiga almashtirmoqchi
Hozirda tomonlar oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtmoqda.
FOTO: Getty Images
Italiya A seriyasi
02.11.2025, Yak.
Milan
1
Roma
0
«Roma» va «Milan» qishki transferlar vaqtida futbolchilar almashinuvi boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda La Repubblica nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, gap ukrainalik hujumchi Artyom Dovbik va meksikalik forvard Santyago Ximenes haqida ketmoqda.
Qayd etilishicha «Milan» hujumchisi «Roma»ning qisqa short-listidan oʻrin olgan, shu bois klublar oʻzaro foydali bitim ustida ishlamoqda. Ular oʻxshash variantni yozda ham muhokama qilgan, biroq oʻshanda kelishuv amalga oshmagan edi.
Maʼlumot uchun, Ximenes joriy mavsum A Seriyada 9 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta golga assistentlik qildi. Dovbik esa 8 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist