locale OZ

Dibala nomaʼlum muddatga safdan chiqdi

Argentinalik hujumchi «Milan»ga qarshi oʻyinda jarohat oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dibala nomaʼlum muddatga safdan chiqdi
FOTO: Getty Images
Italiya A seriyasi
02.11.2025, Yak.
Milan
1
Roma
0

«Roma» hujumchisi Paulo Dibala Italiya A Seriyasining 10-turidan oʻrin olgan «Milan»ga qarshi bahsda (1:0) jarohat oldi. Argentinalik futbolchi penalti tepish jarayonida shikastlandi. Bu haqda bosh murabbiy Jan Pyer Gasperini maʼlum qildi.

«Penaltidagi eng yomon holat — Dibalaning jarohati. Endi uning qancha muddatga safdan chiqqanini bilmaymiz, ammo u xalqaro tanaffusgacha maydonga tusha olmaydi», — dedi Gasperini.

Eslatib oʻtamiz, «Milan» ushbu bahsda Strahinya Pavlovichning 39-daqiqada urgan yagona goli evaziga gʻalaba qozondi. 82-daqiqada esa «Roma» penalti ishladi, biroq Dibalaning zarbasini Menyan qaytarib qoldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting