Rodri: «Jismoniy holatimni tiklashim kerak. Hali 100 foiz tayyor emasman»
«Barselona» yarim himoyachisi Rodri debyut uchrashuvidan so‘ng OAV vakillariga fikrlarini bildirdi.
30 yoshli yarim himoyachi La Liga doirasida «Atletik» Bilbaoga qarshi uchrashuvning 63-daqiqasida Rafinya Diash o‘rniga maydonga tushdi.
«Debyutim va g‘alabadan juda xursandman. Endi olti ochkodan olti ochko jamg‘arib bo‘ldik. Ritmga kirish va moslashish muhim. Birinchi o‘yin menda juda ijobiy taassurot qoldirdi. Formaga kirish uchun maydonda vaqt olish men uchun muhim edi.
Bu yoz juda uzoq va voqealarga boy bo‘ldi. Hali 100 foiz tayyor emasman, jismoniy holatimni tiklashim kerak, ammo barchasi qanday kechayotganidan mamnunman», — deya Rodri so‘zlarini Barca Universal keltirdi.