locale OZ

Flik: «Menga jamoaviy o‘yinimiz yoqdi»

"Barselona" qoldirilgan bellashuvda g‘alaba qozondi.
Flik: «Menga jamoaviy o‘yinimiz yoqdi»
ФОТО: Getty images
Ispaniya La Ligasi
27.08.2026, Yak.
Barselona
2
Athletik
0

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik «Atletik»ga qarshi 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvida jamoasining namoyish etgan o‘yini haqida fikr bildirdi.

«Har doim o‘z darvozangdan gol o‘tkazib yubormasdan o‘ynash muhim, ammo gol urish ham undan kam ahamiyatga ega emas. Bugun bizda ko‘plab imkoniyatlar bo‘ldi, jamoadan mamnunman. To‘pni yaxshiroq nazorat qilishni o‘rganishimiz kerak.

Men alohida futbolchilar haqida gapirishni yoqtirmayman. Menga jamoaviy o‘yinimiz yoqdi. Hisob yanada yirikroq bo‘lishi mumkin edi, ammo bizga kuchli raqib qarshi turdi. Umuman olganda, o‘yinni to‘liq nazorat qildik va ajoyib ko‘rinishda bo‘ldik. Uchrashuv oxirida charchoq sezildi, ammo bu tabiiy hol», — deya Flikning so‘zlarini BarcaTimes keltirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting