«Real» «Barselona»ga qarshi oʻyin uchun qaydnomasini e'lon qildi
Madridning «Real» klubi Ispaniya La Ligasining 10-turi doirasidan oʻrin olgan «Barselona»ga qarshi bahs uchun oʻz tarkibini eʼlon qildi. Uchrashuv 26 oktyabr, yakshanba kuni «Santyago Bernabeu» stadionida boʻlib oʻtadi.
Uchrashuvdan oldin Madrid klubi «El Klasiko» uchun qaydnomasini e'lon qildi.
Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Andrey Lunin, Serxio Mestre.
Himoyachilar: Dani Karvaxal, Eder Militao, Trent Aleksandr-Arnold, Marko Asensio, Aleks Karreras, Fran Garsiya, Ferlan Mendi, Din Heysen.
Yarimhimoyachilar: Jud Bellingem, Eduardo Kamavinga, Federiko Valverde, Aurelian Chuameni, Arda Guler, Dani Sebalos.
Hujumchilar: Vinisius Junior, Endrik, Kilian Mbappe, Rodrigo, Gonsalo Garsiya, Brahim Dias, Klaudio Mastantuono.
Eslatib oʻtamiz, «Real» La Liganing 9-turidan soʻng 24 ochko jamgʻargan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Barselona» esa 22 ochko bilan ikkinchi oʻrinda bormoqda.