locale OZ

Rasmiy. Ratinho «Neftchi» klubi futbolchisi

Braziliyalik futbolchi bilan jamoa ikki yillik shartnoma imzoladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasmiy. Ratinho «Neftchi» klubi futbolchisi
Фото: Динамо ПФК

"Neftchi" o‘z tarkibiga braziliyalik futbolchini qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

"Jamoamiz 2025 yilgi mavsumda chempionlik shohsupasini egallab, millionlab muxlislar qalbini quvontirdi. Yangi mavsumda biz nafaqat bu muvaffaqiyatni mustahkamlashni, balki xalqaro maydonlarda ham munosib o‘yin ko‘rsatib, Farg‘ona va O‘zbekiston sharafini baland ko‘tarishni maqsad qilganmiz. Shu sababli jamoamiz tarkibini yanada mahoratli va iste’dodli futbolchilar bilan boyitish yo‘lida ish olib bormoqdamiz.

Tanishing: braziliyalik mohir yarim himoyachi Jurani Fransisko Ferreyra, ya’ni Ratinho. U 1996 yil 1 oktyabrda Braziliyaning Kavalkante shahrida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyatini 2017 yilda "Arapongas" jamoasida boshlagan, keyinchalik "Itaberal", "Itabaiana", "Goyas", 2019/20 yillarda Janubiy Koreyaning "Gvangju" jamoasida, 2021 yilda esa o‘z yurti jamoalari — "Paysandu", "Londrina", "Botafogu-PB", "Retro", "Maguari" hamda 2024 yildan O‘zbekistonning "Dinamo" jamoasida to‘p surgan.

Ratinho O‘zbekiston Superligasi va Kubogi musobaqalarida jami 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Ikki mavsumdan beri mamlakatimizda to‘p surayotgan, barqaror o‘yini bilan ajralib turgan braziliyalik futbolchi bilan jamoa ikki yillik shartnoma imzoladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting