locale OZ

Rasman: Mirzad Mexanovich \"Andijon\"ni tark etdi

U yil boshida klub safiga kelib qo‘shilgandi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Mirzad Mexanovich "Andijon"ni tark etdi
Photo: FC ANDIJON

“Andijon” jamoasini yana bir legioner futbolchi tark etdi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, "Andijon" safida mavsum boshidan buyon to‘p tepib kelgan Bosniya va Gersegovinalik futbolchi Mirzad Mexanovich bilan amaldagi shartnoma har ikki tomonning o‘zaro kelishuviga ko‘ra bekor qilindi.

Mexanovich "burgutlar" tarkibiga shu yilning yanvar oyida qo‘shilgan bo‘lib, shu vaqtga qadar u jamoa libosida O‘zbekiston chempionatida 7 ta, Kubok bahslarida esa 3 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol muallifi bo‘ldi. Shuningdek, 2 bor jamoadoshlarining goliga assistentlik qildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting