locale OZ

\"Qizilqum\" legioneri jamoani tark etdi

Gruziniyalik futbolchi klubdan ketishga qaror qildi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Qizilqum" legioneri jamoani tark etdi
Photo: Qizilqum PFK

“Qizilqum”da o‘zgarishlar davom etmoqda.

Klub matbuot xizmatining ma'lumotiga ko‘ra, mavsum boshida jamoa bilan shartnomasini uzaytirgan gruziyalik hujumchi Elguja Lobjanidze oilaviy muammolari sabab "Qizilqum"ni tark etdi. Klub rahbariyati futbolchi bilan do‘stona xayrlashdi va uning keyingi faoliyatiga omad tiladi.

Eslatib o‘tamiz, Elguja Lobjanidze ushbu mavsumda 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqib darvozasini 3 marta ishg‘ol qilgan.

Avvalroq klub bosh murabbiyi Nikola Lazarevich ham “oltin izlovichilar”ni tark etgani xabar qilingandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting