locale OZ

«Qizilqum» Alen Mashovich bilan xayrlashdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Qizilqum» Alen Mashovich bilan xayrlashdi
Photo: QIZILQUM PFK

Qizilqum yana bir legioneri bilan xayrlashdi.

Mavsum boshidan "oltin izlanuvchilar" tarkibida harakat qilgan serbiyalik yarimhimoyachi Alen Mashovich o‘zaro kelishuv asosida klubni tark etdi. Bu haqda navoiylik matbuot xizmati xabar berdi.

Mashovich Qizilqum safida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 1 ta assist yozdirib qo‘ygandi.

30 yoshli futbolchi 2022 yili "Nasaf"da biroz muddat o‘ynagan va 5 ta o‘yinda 1 ta gol urgandi.

Avvalroq Elguja Lobanidze ham jamoani tark etishga qaror qilgandi. Islom Kenjaboyev esa jamoa safiga kelib qo‘shilgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting