locale OZ

Puerta: «Biz yarim himoyada juda ajoyib ishladik»

Kolumbiya yarim himoyachisi Oʻzbekistonga qarshi bahsdan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Puerta: «Biz yarim himoyada juda ajoyib ishladik»
Фото: ЎФА
Jahon chempionati (JCH-2026)
17.06.2026, Yak.
O‘zbekiston
1
Kolumbiya
3

2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi 1-turidan oʻrin olgan uchrashuvda Kolumbiya terma jamoasi Oʻzbekiston ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Ushbu natija haqida kolumbiyaliklar yarim himoyachisi Gustavo Puerta oʻz fikrlarini oʻrtoqlashdi.

«Murabbiy mendan hamisha maydonda agressiv harakat qilishni soʻraydi. Biz yarim himoyada juda ajoyib ishladik. Jahon chempionatidagi oʻyinda golli uzatma muallifiga aylanganimdan juda ham xursandman», — deya yarim himoyachining soʻzlarini keltirmoqda Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) matbuot xizmati.

Dastlabki uchrashuvdan soʻng Kolumbiya 3 ochko jamgʻarib, oʻz guruhida peshqadamga aylandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting