locale OZ

Kannavaro: «Bugungi o‘yin biz uchun yaxshi o‘yin bo‘ldi»

Fabio terma jamoaning mag‘lubiyatiga izoh berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kannavaro: «Bugungi o‘yin biz uchun yaxshi o‘yin bo‘ldi»
Фото: ЎФА
Jahon chempionati (JCH-2026)
17.06.2026, Yak.
O‘zbekiston
1
Kolumbiya
3

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Kolumbiyaga qarshi bahsdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«O‘yin qiziqarli o‘tdi. Ikkinchi bo‘limda biz o‘yinni o‘zgartirishga erishdik. Chap qanotdan imkoniyatlar yaratdik. O‘yin nazoratini o‘z qo‘limizga olishga harakat qildik.

Avvalo biz O‘zbekistonni butun dunyoga ijobiy namoyish etish uchun bu yerga keldik. Men doim jamoamga o‘yin davomida faol harakat qilish kerakligini aytib kelaman. Kolumbiya singari jamoalarga qarshi o‘ynash, to‘psiz harakat qilish oson emas. Umuman olganda, ikkinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik, biroq afsuski, gol o‘tkazib yubordik.

Biz bu stadionda o‘tgan ushbu o‘yinni eslab qolamiz. Chunki bu tarixiy o‘yin. Biz Jahon chempionatidamiz. Bugungi o‘yin biz uchun yaxshi bo‘ldi, deb ayta olaman. Xatolar bo‘ldi, ular ustida ishlaymiz. Futbolchilarimdan faxrlanaman. Ular yaxshi o‘ynashdi. Bugun qiyin o‘yin bo‘ldi. Bunday stadionda, muxlislar qarshisida o‘ynash oson emas. Lekin bu sizga ko‘proq motivatsiya berishi ham mumkin», — dedi Kannavaro.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting