locale OZ

Luis Dias: «Men bolalikdagi orzumni amalga oshiryapman»

Futbolchi O‘zbekistonga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luis Dias: «Men bolalikdagi orzumni amalga oshiryapman»
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
17.06.2026, Yak.
O‘zbekiston
1
Kolumbiya
3

«Bavariya» va Kolumbiya terma jamoasi vingeri Luis Dias JCH-2026 guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekistonga qarshi o‘yin yakunlari haqida gapirdi.

Ushbu uchrashuvda uning jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Hujumchining o‘zi gol va golli uzatma muallifi bo‘ldi.

«Bugun men bolalikdagi orzumni amalga oshiryapman — o‘z milliy jamoam va mamlakatim uchun jahon chempionatida o‘ynayapman. Gol urish va golli uzatma berishdan ham yaxshiroq narsa bo‘lishi mumkinmi? Biz juda ahil jamoamiz, o‘yindan-o‘yinga kuchayib boramiz va men shunchaki juda-juda xursandman», — deya Diasning so‘zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.

Ma’lumot uchun, u professional faoliyati davomida Kolumbiya terma jamoasi safida 75 ta o‘yin o‘tkazgan. Luis jami 23 ta gol urib, sakkizta golli uzatmani amalga oshirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting