locale OZ

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kolumbiyaga qarshi tarixiy o‘yinda oq libosda harakat qiladi

O'yin soat 07:00 da start oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kolumbiyaga qarshi tarixiy o‘yinda oq libosda harakat qiladi
Фото: ЎФА
Jahon chempionati (JCH-2026)
17.06.2026, Yak.
O‘zbekiston
1
Kolumbiya
3

Ertaga futbol bo‘yicha O‘zbekiston Milliy terma jamoasi jahon chempionatidagi debyut uchrashuvini Kolumbiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Bugun mazkur bahs oldidan FIFA vakillari hamda har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida rasmiy uchrashuv (o‘yinoldi mitingi) bo‘lib o‘tdi. Unda uchrashuvni tashkil etishga oid bir qator tashkiliy masalalar, xavfsizlik choralari hamda intizomiy qoidalar yuzasidan zarur tushuntirish va eslatmalar berib o‘tildi.

Miting yakunida jamoalarning ertangi bahsda qanday rangdagi liboslarda maydonga tushishi ham rasman tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Kolumbiyaga qarshi uchrashuvda futbolchilarimiz to‘liq oq rangli libosda, darvozabonimiz esa to‘q sariq rangli kiyimda harakat qiladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, barcha yurtdoshlarimiz intiqlik bilan kutayotgan ushbu tarixiy uchrashuv ertaga, 18-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da Mexiko shahridagi "Atsteka" ("Mexico City") stadionida start oladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting