locale OZ

O‘zbekiston JCHni mag‘lubiyat bilan boshladi

Kannavaro jamoasi navbatdagi uchrashuvni 23 iyun kuni Portugaliyaga qarshi o‘tkazadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston JCHni mag‘lubiyat bilan boshladi
Фото: ЎФА
Jahon chempionati (JCH-2026)
17.06.2026, Yak.
O‘zbekiston
1
Kolumbiya
3

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi jahon chempionatidagi ishtirokini mag‘lubiyat bilan boshladi. Mexiko shahridagi «Astekka» stadionida Kolumbiyaga qarshi o‘tgan o‘yin 1:3 hisobi bilan yakunlandi.

Dastlab 40-daqiqada Daniel Munyos hisobni ochdi. Keyinchalik Abbosbek Fayzullayev gol urdi. Shomurodov maydon markazida to‘p oldirdi va tezkor qarshi hujumni Luis Dias gol bilan yakunladi — 1:2. 90+9-daqiqada Kampas yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Birinchi turdan so‘ng Kolumbiya 3 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilmoqda, O‘zbekiston esa to‘rtinchi o‘rinda qoldi.

O‘zbekiston milliy jamoasi navbatdagi uchrashuvni 23 iyun kuni Portugaliyaga qarshi o‘tkazadi.

JCH-2026. K guruhi. 1-tur
O‘zbekiston — Kolumbiya 1:3
Gollar:
Fayzullayev 61 — Munyos 41, Dias 66, Kampas 90+9

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting