locale OZ

Prevyu. «Qo‘qon-1912» – «Neftchi»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prevyu. "Qo‘qon-1912" – "Neftchi"
Photo: Qo‘qon-1912 PFK

Superliganing 17-turida "Qo‘qon-1912" va "Neftchi" klublari Qo‘qonda o‘zaro bahs olib borishadi.

Ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma'lumotlarini e'tiboringizga havola etamiz.

Bu jamoalar O‘zbekiston chempionatlarida shu kunga qadar 31 bor to‘qnash kelishgan. "Neftchi" 20 ta o‘yinda g‘alaba qozongan, 5 marta durang qayd etilgan. "Qo‘qon-1912" bu raqibni olti marta mag‘lub etgan. To‘plar nisbati "Neftchi" tomonida – 73:39. O‘zaro o‘yinlarda "Neftchi" 65 ochkoga ega bo‘lgan bo‘lsa, "Qo‘qon-1912" 23 ochkoni qo‘lga kiritgan.

"Qo‘qon-1912" mezbonligida bo‘lib o‘tgan so‘nggi 6 ta uchrashuv natijalari bilan tanishing.

10.05.2018 "Qo‘qon-1912" – "Neftchi" 1:1
26.08.2017 "Qo‘qon-1912" – "Neftchi" 3:1
22.10.2016 "Qo‘qon-1912" – "Neftchi" 2:1
19.06.2015 "Qo‘qon-1912" – "Neftchi" 1:2
20.05.2003 "Qo‘qon-1912" – "Neftchi" 2:4
03.08.2002 "Qo‘qon-1912" – "Neftchi" 0:4

7 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan "viloyat derbisi"ni G‘ayrat Jo‘rayev boshqarib boradigan bo‘ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting