locale OZ

Prev'yu. «Neftchi» - «Andijon»

Uchrashuv soat 17:00da start oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prev'yu. «Neftchi» - «Andijon»
Фото: Андижон ПФК

"Andijon" bu safar Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida o'ynaydi. Ertaga "Burgutlar" chempionatning 24-tur doirasida "Neftchi"ga qarshi maydonga tushadi.

2024 yilning 5 oktyabr sanasida "Andijon" aynan Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida "Navbahor"ga qarshi O'zbekiston Kubogi finalida bahs olib borgan va unutilmas dramatik uchrashuvda jamoamiz 3:2 hisobida g'alaba qozonib, ilk bor Kubokni yutgan. Oradan bir yil o'tib, yana xuddi shu sanada "Andijon" "Istiqlol"da endi "Neftchi"ga qarshi maydonga tushadi.

"Neftchi" - "Andijon"ning 53-qarama-qarshiligiga guvoh bo'lamiz. Bungacha o'tkazilgan o'yinlarning 34 tasida "Neftchi", 10 tasida esa "Andijon"ning qo'li baland kelgan. 8 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. To'plar nisbati 99-45, farg'onaliklar foydasiga.

Birinchi davrada Andijondagi bellashuvda mehmonlar 0:2 hisobida g'olib chiqqan. Shuningdek, "Andijon" oxirgi yillarda Farg'onadagi uchrashuvlarda yutqazayotgani yo'q. Aniqrog'i, so'nggi bor 2014 yilda "Neftchi" o'z maydonida g'alaba qozongan. Shundan beri "Andijon" mehmonda durang yoki g'alaba qozonib kelmoqda.

"Neftchi" - "Andijon" o'yini 5 oktyabr kuni, soat 17:00 da boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting