Prevyu. “Navbahor” – “Mash’al”


O‘zbekiston Superligasining 14-turi doirasida “Navbahor” o‘z maydonida uch yillik tanaffusdan so‘ng yana Superligaga qaytgan “Mash’al” (Muborak)ni qabul qiladi.
Mazkur klublar Superliga (oliy liga) o‘yinlarida 38 marta bir-biriga qarshi maydonga tushishgan. Ushbu 38 ta bahsdan 16 tasida muborakliklar g‘alaba qozongan, 14 tasida namanganliklar ustun kelgan bo‘lsa, 8 ta o‘yinda esa tomonlar durang qayd etgan.
“Navbahor” shu kungacha “Mash’al”ga qarshi o‘tkazilgan o‘zaro o‘yinlarda 48 ta gol urib, o‘z darvozasidan 47 marta to‘p olib chiqqan.
Mazkur jamoalarning o‘zaro bahslarida “Mash’al” 56 ochko, “Navbahor” esa 50 ochko jamg‘argan.
O‘zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 1995-yilda kuzatilgan. O‘sha yili Namanganda o‘tgan o‘yinda “lochinnlar” 8:0 hisobida g‘alaba qozongan. Muborakliklar esa 2008-yilgi mavsumda jamoamizni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgan.
Ushbu klublarning shu kungacha Namanganda bo‘lib o‘tgan 19 ta bahsidan 12 tasida “lochinnlar” g‘alaba qozongan, 4 o‘yinda jamoalar durang qayd etgan, 3 ta o‘yinda esa muborakliklar ustun kelgan.
Namanganda bo‘lib o‘tgan bahslarda “Navbahor” raqib darvozasiga 34 ta gol urgan, o‘z darvozasidan esa 11 ta to‘p olib chiqqan (Izoh: 2020-yili Namanganda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan o‘yin COVID–19 pandemiyasi sababli, Toshkentdagi “Jar” stadionida o‘tkazilgan va unda “Navbahor” nominal mezbon bo‘lgan).
Quyida jamoalarning o‘zaro o‘yinlari statistikasi keltiriladi.
1995-yil
“Mash’al” – “Navbahor” – 0:0
“Navbahor” – “Mash’al” – 8:0
1996-yil
“Mash’al” – “Navbahor” – 0:3
“Navbahor” – “Mash’al” – 5:0
2002-yil
“Navbahor” – “Mash’al” – 2:1
“Mash’al” – “Navbahor” – 0:0
2003-yil
“Navbahor” – “Mash’al” – 2:0
“Mash’al” – “Navbahor” – 2:2
2004-yil
“Mash’al” – “Navbahor” – 1:2
“Navbahor” – “Mash’al” – 1:0
2005-yil
“Mash’al” – “Navbahor” – 2:1
“Navbahor” – “Mash’al” – 0:0
2006-yil
“Mash’al” – “Navbahor” – 2:1
“Navbahor” – “Mash’al” – 0:0
2007-yil
“Mash’al” – “Navbahor” – 1:0
“Navbahor” – “Mash’al” – 0:1
2008-yil
“Navbahor” – “Mash’al” – 1:0
“Mash’al” – “Navbahor” – 5:0
2009-yil
“Navbahor” – “Mash’al” – 2:1
“Mash’al” – “Navbahor” – 3:1
2010-yil
“Navbahor” – “Mash’al” – 0:0
“Mash’al” – “Navbahor” – 2:0
2011-yil
“Mash’al” – “Navbahor” – 2:0
“Navbahor” – “Mash’al” – 2:0
2012-yil
“Mash’al” – “Navbahor” – 2:0
“Navbahor” – “Mash’al” – 2:2
2014-yil
“Mash’al” – “Navbahor” – 3:1
“Navbahor” – “Mash’al” – 3:0
2015-yil
“Navbahor” – “Mash’al” – 0:2
“Mash’al” – “Navbahor” – 2:2
2016-yil
“Mash’al” – “Navbahor” – 2:1
“Navbahor” – “Mash’al” – 3:2
2017-yil
“Navbahor” – “Mash’al” – 1:0
“Mash’al” – “Navbahor” – 2:1
2020-yil
“Navbahor” – “Mash’al” – 0:1
“Mash’al” – “Navbahor” – 3:0
2021-yil
“Navbahor” – “Mash’al” – 2:1
“Mash’al” – “Navbahor” – 0:0.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Mash’al” bahsi 28-iyun kuni Namangandagi “Markaziy” stadionda soat 19:00 da start oladi.

Maqolalar
Kecha da 10:33

Futbol
10 iyl 2025

Futbol
10 iyl 2025