locale OZ

Prev'yu. Navbahor – Buxoro

“Navbahor” – “Buxoro” bahsi Toshkent shahridagi “Olimpiya” stadionida 5 mart kuni soat 19:00da start oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prev'yu. Navbahor – Buxoro
Фото: Навбаҳор ПФК

O‘zbekiston Superligasining 2-turi doirasidan o‘rin olgan uchrashuvda jamoamiz o‘z maydonida “Buxoro” klubini qabul qiladi.

Bu klublar Superliga (oliy liga) o‘yinlarida 62 marta o‘zaro to‘qnash kelgan. Ushbu 62 bahsdan 35 tasida jamoamiz g‘alaba qozongan bo‘lsa, 17 ta uchrashuvda buxoroliklar zafar quchgan, 10 ta o‘yinda esa durang qayd etilgan.

“Navbahor” shu kungacha o‘zaro bahslarda 112 ta gol urib, o‘z darvozasidan 67 ta to‘p o‘tkazgan. Ushbu klublarning o‘zaro o‘yinlarida namanganliklar 115 ochko, buxoroliklar esa 61 ochko to‘plagan.

O‘zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 2001 va 2025 yilgi mavsumlarda kuzatilgan. 2001 yili Namanganda o‘tgan o‘yinda “lochinar” 6:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, buxoroliklar esa o‘tgan yilgi mavsumda jamoamizni o‘z maydonlarida 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgan.

Shu paytgacha Namanganda bo‘lib o‘tgan 31 bahsning 24 tasida mezbonlar, 4 tasida esa mehmonlar zafar quchgan. Uchta uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekishgan. “Lochinar” o‘z maydonidagi o‘yinlarda buxoroliklar darvozasiga 69 ta gol urib, o‘z darvozalaridan 22 ta to‘p o‘tkazishgan.

Jamoalarning o‘zaro barcha uchrashuvlari natijalari:
1992 yil
“Nurafshon” – “Navbahor” – 1:1
“Navbahor” – “Nurafshon” – 2:1
1993 yil
“Navbahor” – “Nurafshon” – 1:0
“Nurafshon” – “Navbahor” – 3:2
1994 yil
“Navbahor” – “Nurafshon” – 1:2
“Nurafshon” – “Navbahor” – 1:0
1995 yil
“Nurafshon” – “Navbahor” – 2:0
“Navbahor” – “Nurafshon” – 3:0
1996 yil
“Nurafshon” – “Navbahor” – 1:1
“Navbahor” – “Nurafshon” – 3:0
1997 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 6:1
“Buxoro” – “Navbahor” – 1:4
1998 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 2:1
“Buxoro” – “Navbahor” – 3:1
1999 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 1:1
“Buxoro” – “Navbahor” – 0:1
2000 yil
“Buxoro” – “Navbahor” – 1:0
“Navbahor” – “Buxoro” – 5:1
2001 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 6:1
“Buxoro” – “Navbahor” – 1:2
2002 yil
“Buxoro” – “Navbahor” – 2:1
“Navbahor” – “Buxoro” – 3:0
2003 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 2:1
“Buxoro” – “Navbahor” – 3:4
2004 yil
“Buxoro” – “Navbahor” – 0:4
“Navbahor” – “Buxoro” – 3:1
2005 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 2:0
“Buxoro” – “Navbahor” – 2:3
2006 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 1:0
“Buxoro” – “Navbahor” – 2:1
2007 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 2:1
“Buxoro” – “Navbahor” – 1:0
2008 yil
“Buxoro” – “Navbahor” – 2:1
“Navbahor” – “Buxoro” – 0:1
2009 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 1:1
“Buxoro” – “Navbahor” – 3:0
2011 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 1:0
“Buxoro” – “Navbahor” – 1:1
2012 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 1:1
“Buxoro” – “Navbahor” – 2:1
2013 yil
“Buxoro” – “Navbahor” – 1:1
“Navbahor” – “Buxoro” – 2:3
2014 yil
“Buxoro” – “Navbahor” – 0:2
“Navbahor” – “Buxoro” – 4:1
2015 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 3:1
“Buxoro” – “Navbahor” – 0:1
2016 yil
“Buxoro” – “Navbahor” – 3:2
“Navbahor” – “Buxoro” – 1:2
2017 yil
“Buxoro” – “Navbahor” – 3:3
“Navbahor” – “Buxoro” – 1:0
2018 yil
“Buxoro” – “Navbahor” – 0:1
“Navbahor” – “Buxoro” – 2:0
“Navbahor” – “Buxoro” – 1:0
“Buxoro” – “Navbahor” – 1:2
2019 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 3:1
“Buxoro” – “Navbahor” – 0:0
2020 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 2:0
“Buxoro” – “Navbahor” – 0:0
2023 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 1:0
“Buxoro” – “Navbahor” – 0:3
2025 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 3:0
“Buxoro” – “Navbahor” – 5:0.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Buxoro” bahsi Toshkent shahridagi “Olimpiya” stadionida 5 mart kuni soat 19:00da start oladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting