locale OZ

Prev'yu. “Andijon” – “Surxon”

Jamoalar Superliga 11-turida o‘zaro to‘qnash kelishadi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prev'yu. “Andijon” – “Surxon”
Photo: Andijan PFC

Superliganing 11-turini boshlab beradigan “Andijon” – “Surxon” bellashuvi oldidan jamoalarning o‘zaro o‘yinlar statistikasi taqdim etiladi.

Jamoalarning ilk to‘qnashuvi 1992 yildan boshlangan. Shu paytgacha milliy chempionatda 34 marta ro‘baro kelishgan. “Andijon”da 17, “Surxon”da esa 11 g‘alaba bor. Yana 6 ta bahsda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 62\43 “burgutlar” foydasiga.

So‘nggi bor “Andijon” “Bobur arena”da “Surxon”ni 2021 yilgi mavsumda mag‘lub etgan va o‘shanda 1:0 hisobi qayd etilgan.

Joriy yilning 17 aprel kuni ushbu jamoalar O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichi doirasida “Bobur arena”da uchrashishdi va unda mehmonlar 2:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Qolaversa, o‘tgan yili birinchi davrada Toshkentda “Surxon” 2:3 hisobida mag‘lub etilgan bo‘lsa, ikkinchi davrada Andijondagi o‘yinda ham 2:3 natijasi qayd etilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting