Previyu. \"Qizilqum\" - \"Paxtakor\"
"Paxtakor" Superliganing 10-turida Navoiyda "Qizilqum" mehmoni bo‘ladi.
Chempionat doirasida jamoalar 50 bor maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlarda yaqqol ustunlik “sherlar” tomonida: 41 ta bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 7 marta durang o‘ynagan va atigi 2 marta imkoniyatni boy bergan. "Qizilqum" darvozasiga 137 ta gol urilgan, 32 to‘p o‘tkazib yuborilgan.
Navoiydagi 25 uchrashuvda 20 ta g‘alaba, 4 ta durang va 1 mag‘lubiyat qayd etilgan. Safardagi 8 uchrashuvda “Paxtakor” yirik hisobda g‘alaba qozongan.
Bu jamoalarning 2007-yilda Navoiyda bo‘lib o‘tgan bahsida O‘zbekiston oliy ligasi tarixidagi eng yirik natija qayd etilgan. O‘shanda "Sherlar" mezbonlar ustidan 11:0 hisobida zafar quchishgan.
"Qizilqum" va "Paxtakor" o‘rtasidagi uchrashuv 18-may, yakshanba kuni soat 21:00da Navoiydagi "Yoshlar" stadionida boshlanadi.