Previyu. «Neftchi» - «Qizilqum»
Superliganing 29-tur bahsida “Neftchi” jamoasi Navoiyning “Qizilqum” klubini qabul qiladi. Ushbu o‘yinda 2025 yilgi chempionlik unvoni kimga nasib etishi aniqlanadi. Shu bois, maydon egalari o‘z tarixiy an'analariga sodiq qolgan holda, uchrashuvni g‘alaba bilan yakunlashlariga to‘liq ishonamiz.
Milliy chempionatimizdagi o‘zaro o‘yinlar statistikasiga nazar tashlasak, bu yerda sezilarli ustunlik farg‘onaliklar tomonida. O‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlar soni 47 tani tashkil etadi. Ulardan 23 ta bahsda “Neftchi” ustun bo‘lgan, 12 ta o‘yinda jamoalar durang natija qayd etgan va 12 ta bahsda “Qizilqum” g‘alaba qozongan. To‘plar nisbati 71-45 “Neftchi” foydasiga. Ushbu qarama-qarshilikda “Neftchi”ning “Qizilqum” ustidan qo‘lga kiritgan eng yirik g‘alabasi 2000 yilda 5:0 hisobida bo‘lgan. Navoiyliklarning eng yirik g‘alabasi esa 2002 yilda 4:1 natijasi bilan yakun topgan.
Farg‘onada o‘tgan so‘nggi 5 uchrashuv natijalari
19.09.2024.
"Neftchi"-"Qizilqum" 2:2
23.11.2023.
"Neftchi"-"Qizilqum" 1:0
29.08.2022.
"Neftchi"-"Qizilqum" 2:1
19.10.2018.
"Neftchi"-"Qizilqum" 3:1
24.07.2018.
"Neftchi"-"Qizilqum" 0:1
Eslatib o‘tamiz, 22 noyabr kuni Farg‘onadagi "Istiqlol" markaziy stadionida bo‘lib o‘tadigan "Neftchi"-"Qizilqum" bahsini Temur To‘xtasinov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi. Uchrashuv soat 16:15da boshlanadi.