locale OZ

Portugaliyalik futbolchi Kevin de Kashtru o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida 25 yoshiga qadam qo‘ygan pallada vafot etdi

Yaqinda Portugaliyaning «Real Massama» klubiga o‘tgan futbolchi «Eshtrela»ga qarshi o‘yin boshlanganidan 10 daqiqa o‘tgach hushidan ketgan.
Portugaliyalik futbolchi Kevin de Kashtru o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida 25 yoshiga qadam qo‘ygan pallada vafot etdi
photo: gettyimages

Portugaliyalik futbolchi Kevin de Kashtru o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida 25 yoshiga qadam qo‘ygan pallada vafot etdi. Bu haqda A Bola nashri xabar berdi.

Yaqinda Portugaliyaning «Real Massama» klubiga o‘tgan futbolchi «Eshtrela»ga qarshi o‘yin boshlanganidan 10 daqiqa o‘tgach hushidan ketgan. Har ikki jamoaning tibbiy xodimlari uni qayta tiriltirishga uringan, jumladan defibrillyatordan ham foydalanilgan, ammo barcha urinishlar samarasiz yakunlangan.

Kashtru shifoxonaga olib ketilgan, ammo u yerda uning vafot etgani rasman tasdiqlangan. U 16 avgust kuni 25 yoshga to‘lgan edi.

«Eshtrela» klubi futbolchining oilasi va yaqinlariga, shuningdek «Real Massama» klubi rahbariyatiga chuqur hamdardlik bildirdi.

Kevin de Kashtru Portugaliyada tug‘ilgan, bolaligida Angliyaga ko‘chib o‘tgan. U faoliyati davomida «Vest Bromvich Albion», «Byorton Albion», «Notts Kaunti» va «York Siti» klublari safida to‘p surgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting