locale OZ

PFL: Bunyodkor moliyaviy qiyinchiliklar sabab Navoiyga bora olmasligini ma’lum qildi

Superliga 15-turi doirasida Bunyodkor Navoiyda Qizilqum mehmoni bo‘lishi lozim edi.
PFL: Bunyodkor moliyaviy qiyinchiliklar sabab Navoiyga bora olmasligini ma’lum qildi
photo: PFL
O‘zbekiston Superligasi
02.08.2026, 11.30
Qizilqum
-
Bunyodkor
-

Superliga 15-turi doirasida Bunyodkor Navoiyda Qizilqum mehmoni bo‘lishi lozim edi. Bugun — 30-iyul kuni klub safar o‘yiniga bora olmasligini Ligaga ma’lum qildi.

Xatda Bunyodkor klubidagi og‘ir moliyaviy holat mazkur qarorga sabab sifatida ko‘rsatilgan. Ya’ni, Bunyodkor klubida yo‘l chiptalarini xarid qilish, safar davomida mehmonxonada istiqomat qilish va delegatsiya a’zolarini ovqatlantirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas. Avvalroq, klub bosh murabbiyi va qator futbolchilar jamoa a’zolari bir necha oydan buyon maosh olmayotgani, klub bazasida qator muammolar mavjud ekanligini ma’lum qilgandi.

Superliga reglamentidan kelib chiqib, 15-tur doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Qizilqum — Bunyodkor uchrashuvi uchun mehmonlarga texnik mag‘lubiyat yoziladi. Shuningdek, mavsum davomida bu kabi holat qayta sodir etilsa, Bunyodkor futbol klubini Superliga musobaqasidan chetlashtirish masalasi Liga Ijroiya qo‘mitasi kun tartibiga kiritiladi.

O‘z navbatida, Liga Qizilqum — Bunyodkor uchrashuvini o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni to‘xtatadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting