\"Paxtakor\" Pedru Moreyra va uning murabbiylar shtabi bilan hamkorlikni to'xtatdi
Photo: Pakhtakor PFK
Portugaliyalik murabbiy Pedru Moreyra hamda uning besh nafar yordamchilari bilan hamkorlik ikki tomon kelishuviga asosan bekor qilindi. Bu haqda “Paxtakor” matbuot xizmati xabar berdi.
“Biz ushbu mutaxassislarning klubda olib borgan faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib, ularga kelgusi ishlarida omad tilaymiz”, – deyiladi xabarda.
Shuningdek, yarim himoyachi Jonatan Lukka bilan ham shartnoma bekor qilindi. U og‘ir jarohat sabab may oyida safdan chiqqandi.
“Paxtakor"ni hozirda Kamoliddin Tojiev boshqarmoqda. Jamoa Superliga turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist