«Paxtakor» – «Lokomotiv». O‘zaro o‘yinlar tarixiga nazar solamiz
Superliga 12-turida "Paxtakor" Toshkent derbisida "Lokomotiv"ga qarshi maydonga tushadi.
Chempionatlar tarixida jamoalar jami 40 marta to‘qnash kelishgan. Ularning 25tasida "Paxtakor" g‘alaba qozongan. 8 bellashuvda durang natija qayd etilgan, 7 marta esa "Lokomotiv" ustun kelgan. Raqib darvozasiga 85 gol urgan "Sherlar" 36 to‘p o‘tkazib yuborgan. 2020 yilda jamoamiz 7:0 hisobida raqib ustidan muvaffaqiyatga erishgan. G‘alabalarning 7tasi yirik natijalar bilan qo‘lga kiritilgan.
O‘z maydonimizdagi o‘yinlarda ko‘rsatkichlar quyidagicha: 14 g‘alaba, 3tadan durang va mag‘lubiyat. Gollar bo‘yicha ustunlik "Paxtakor" foydasiga — 53:21.
"Paxtakor" va "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 17 iyul, juma kuni soat 20:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.