locale OZ

O‘zbekiston — Kolumbiya o‘yinini angliyalik mashhur hakam boshqaradi

O‘zbekiston — Kolumbiya bahsi 18-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da start oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston — Kolumbiya o‘yinini angliyalik mashhur hakam boshqaradi
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
17.06.2026, Yak.
O‘zbekiston
1
Kolumbiya
3

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionati "K" guruhi 1-turi doirasidagi O‘zbekiston va Kolumbiya Milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar brigadasi nomi ma’lum bo‘ldi.

O‘yinni angliyalik taniqli hakam Entoni Teylor boshchiligidagi hakamlar jamoasi boshqaradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Gari Besvik va Adam Nann yordam berishadi.

Uchrashuvda to‘rtinchi hakam vazifasini kosta-rikalik Xuan Kalderon bajaradi. Zaxira yordamchi hakami sifatida esa uning hamyurti Xuan Karlos Mora qayd etilgan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatlari tarixidagi debyut uchrashuvi hisoblangan O‘zbekiston — Kolumbiya bahsi 18-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da start oladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting