Otabek Narzullaev — «Mash'al» bosh murabbiyi
"Mash'al" ikkinchi davra arafasida murabbiylar shtabini yangiladi. Jamoa bosh murabbiyi sifatida tajribali mutaxassis Otabek Narzullaev tayinlandi.
Bungacha jamoaning bosh murabbiyi vazifasida faoliyat yuritib kelgan Asror Aliqulov esa klubning U21 jamoasiga rahbarlik qiladi.
Mazkur qaror klubning ichki tizimidagi ish samaradorligini oshirish, yoshlar va asosiy tarkib o‘rtasida uzviy bog‘liqlik yaratish maqsadida qabul qilindi.
Jamoa bugungi kunda yangi mavsum uchun tayyorgarlik ishlarini jadal olib bormoqda. Otabek Narzullaev boshchiligida mashg‘ulotlar yanada yuqori intizom va professional darajada tashkil etilmoqda.
"Mash'al" rahbariyati, murabbiylar va futbolchilar yangi mavsumda muxlislar ishonchini oqlashga, yuqori maqsadlar sari intilishga bel bog‘lagan", - deyiladi xabarda.