locale OZ

O‘rtoqlik uchrashuvi. “Navbahor” Belarus klubiga mag‘lub bo‘ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘rtoqlik uchrashuvi. “Navbahor” Belarus klubiga mag‘lub bo‘ldi
Photo: Navbakhor PFK

“Navbahor” hozirda Belarus poytaxti Minskda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda. Sergey Lushan shogirdlari mazkur yig‘in doirasida bugun dastlabki xalqaro o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishdi.

“Lochinlar”ga ushbu bahsda ayni paytda Belarus oliy ligasida peshqadamlik qilib turgan “Maksline Vitebsk” (Vitebsk) jamoasi sparring-raqib bo‘ldi.

Bu uchrashuvda “Navbahor” ustozi Sergey Lushan ko‘rikdan o‘tayotgan futbolchilarni ham maydonga tushirib, sinovdan o‘tkazdi.

Shuningdek, jamoa har ikki bo‘limda ikki xil tarkib bilan harakat qildi. Birinchi bo‘limda maydonga asosan tajribali futbolchilar tushishdi va bahs nursiz durang – 0:0 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda esa yoshlar sinovdan o‘tishdi hamda unda vitebskliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Gollarga “Maksline Vitebsk”ning ko‘rikdan o‘tayotgan Bosniya va Gersegovinalik hujumchisi Nemanya Dragutinovich mualliflik qilib, “dubl”ga erishdi.

“Lochinlar” Belarus yig‘ini doirasidagi navbatdagi o‘rtoqlik bahsini ertaga Belarusning “Smorgon” (Smorgon) jamoasiga qarshi o‘tkazishadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting