locale OZ

O‘rtoqlik o‘yini. \"Dinamo\" \"Vitebsk\"ni mag‘lubiyatga uchratdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘rtoqlik o‘yini. "Dinamo" "Vitebsk"ni mag‘lubiyatga uchratdi
Photo: Dinamo PFK

"Dinamo" Belarus yig‘inidagi so‘nggi o‘yinida "Vitebsk"ga qarshi maydonga tushdi.

Minskdagi bahsda Vadim Abramov shogirdlari g‘alabaga erishdi. 33-daqiqada jamoamizning hujumidan so‘ng raqib himoyachisi avtogolga sabab bo‘ldi – 1:0.

Ikkinchi bo‘limda esa zaxiradan maydonga tushgan Behruzbek Obloqulov jamoamizning ikkinchi goliga mualliflik qildi – 2:0.

Shu tariqa, "Dinamo" ketma-ket ikkinchi o‘yinda ham g‘alabaga erishdi. Jamoamiz ertaga, 26 iyul kuni O‘zbekistonga qaytadi.

O‘rtoqlik o‘yini. 25 iyul.
"Vitebsk" (Belarus) - "Dinamo" (O‘zbekiston) – 0:2
Gollar: Yankovskiy 33 (avtogol), B.Obloqulov 70.
"Dinamo": Ravshanbek Yagudin, Ulug‘bek Abdullayev, Jaloliddin Jumaboyev, Oleksandr Kucherenko, Sanjar Qodirqulov, Ratinho, Dmitriy Pletnyov, Jahongir Abdusalomov, Richard Friday, Anvarjon Hojimirzayev, Ulug‘bek Hoshimov.
Zaxira: S.Karimov, A.Abdurasulov, M.Stanoevich, F.Abdurahmonov, B.Nasimov, B.Obloqulov, M.Mirahmadov, A.Hoshimov, X.Xalilov.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting