locale OZ

Odil Ahmedov: Bugungi kunda hakamlarni qasddan qaysidir jamoa foydasiga qaror chiqarishi deyarli imkonsiz

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Odil Ahmedov: Bugungi kunda hakamlarni qasddan qaysidir jamoa foydasiga qaror chiqarishi deyarli imkonsiz
Foto: 90minutuz

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi, ayni damda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti Odil Ahmedov o‘zbek futbolidagi hakamlik haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

"Avvalgi davr bilan solishtirganda, hozirgi paytda hakamlik ancha o‘ziga kelib qolgan. Misol uchun, joriy mavsumdagi turlarni olib qaraydigan bo‘lsak ham, u qadar katta kamchiliklar bo‘lgani yo‘q. Baribir hakam ham odam, xato qilishi mumkin, lekin kimningdir foydasiga atayin xato qilmaydi. Sababi, futbol rahbariyati qaysi tashkilotdan ekanligini hamma biladi (DXX). Bundan tashqari inspeksiya ham bor. Bu narsalarni tekshiradigan. Bugungi kunda bunday harakatlarga deyarli imkoniyat yo‘q. Imkon topsa ham, uni aniqlab, chora ko‘rishadi", — deydi "90minutuz" podkastida mehmon bo‘lgan Ahmedov.

Tillaxonov Oqilxon
Tillaxonov Oqilxon
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting