locale OZ

Nikolay Tishenko «Andijonda» ish boshladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nikolay Tishenko «Andijonda» ish boshladi
Photo: Andijan PFK

Tojikistonda yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan "Andijon" jamoasi parallel ravishda seleksiya ishlarini ham olib bormoqda.

"Burgutlar" murabbiylar shtabiga ukrainalik Nikolay Tishenko qo‘shildi. U analitik mutaxassis sifatida faoliyat olib boradi.

1987 yilning 12 dekabr sanasida tavallud topgan mutaxassis 2023 va 2024 yilgi mavsumlarda Muborakning "Mash'al" jamoasida ishlagan.

Umuman olganda, Tishenko bunga qadar "Agrodim" (Ukraina), "Yednist" (Ukraina), "Riga" (Latviya), "Mash'al" (O‘zbekiston) va "Muras United" (Qirg‘iziston) klublarida faoliyat olib borgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting