Niderlandiya terma jamoasi jahon chempionatida Fair Play mukofotini qo‘lga kiritdi
2026 yilgi Jahon chempionati yakunlariga ko‘ra, Niderlandiya terma jamoasi halol o‘yin uchun beriladigan FIFA Fair Play Award mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati ma’lum qildi.
Niderlandiya mundialda 1/16 finalgacha yetib bordi. Jamoa ushbu bosqichda Marokashga qarshi kechgan keskin bahsda asosiy vaqtni 1:1 hisobida yakunladi. Penaltilar seriyasida esa marokashliklar 3:2 hisobida ustun kelib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Niderlandiya futbolchilari turnir davomida yuqori intizom namoyon etdi. Jamoa to‘rtta uchrashuvda atigi uchtaginasariq kartochka oldi va biror nafar futbolchi maydondan chetlatilmadi.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati g‘olibi Ispaniya terma jamoasi bo‘ldi. Ispanlar finalda Argentinani qo‘shimcha bo‘limlarda urilgan yagona gol evaziga 1:0 hisobida mag‘lub etib, tarixida ikkinchi marta jahon chempioni degan sharafga sazovor bo‘ldi.