\"Neftchi\" hujjatlarni soxtalashtirishda ayblanmoqda. Uning ishi UFA qo‘mitasida ko‘rib chiqiladi


Joriy mavsum uchun qishki transfer oynasi 25-fevral kuni o‘z yakuniga yetgandi. Transferning so‘nggi kunida "Neftchi" klubi 4 nafar futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lib, keyinchalik aniqlanishicha, undagi ayrim hujjatlar soxtalashtirilgan bo‘lgan.
Liga mutaxassislarini "Neftchi" klubiga "Tsementchi" jamoasidan kelib qo‘shilgan futbolchilarga tegishli ayrim hujjatlar shubhalantirgan. Keyinchalik mazkur masalada o‘rganishlar olib borildi va ayrim jihatlar qayta tekshirildi. Shundan so‘ng Liga Assotsiatsiyaning maxsus inspektsiyasiga murojaat qilib, mazkur ishni to‘liq o‘rganib chiqishni so‘radi.
O‘tgan davr davomida maxsus inspektsiya to‘plangan barcha ma’lumotlarni o‘rganib, "Neftchi" va "Tsementchi" vakillari bilan suhbatlar o‘tkazdi hamda masalaga oydinlik kiritdi. "Tsementchi" tarkibida ro‘yxatdan o‘tgan 4 futbolchining shartnomasi yakuniga yetmagan bo‘lsa-da, ayni vaqtda "Neftchi" klubida faoliyat olib borayotgan xodimlar 25-fevral kuni Ligaga yuklanishi lozim bo‘lgan hujjatlarni soxtalashtirgan.
Reglamentning buzilishi holatlari aniqlanganidan kelib chiqib, aybdor shaxslar va klubga nisbatan sanksiya qo‘llash uchun ushbu ish UFA tegishli qo‘mitasiga oshirildi. Qo‘mita qaror qabul qilgach, bu haqda batafsil ma’lumot beriladi.

Futbol
Kecha da 15:55

Futbol
Kecha da 13:50

Futbol
Kecha da 10:19