locale OZ

\"Neftchi\" afsonasi jamoaga qaytdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Neftchi" afsonasi jamoaga qaytdi
Photo: FC NEFTCHI

Bir vaqtlar "Neftchi" tarkibida himoyachi ampluasida to'p surib, muxlislar e'tiborini qozongan Abdumajid Toirov yana "Neftchi"ga qaytdi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, u yoshlar bilan ishlash tizimi rahbari hamda U-19 va U-21 jamoalari koordinatori sifatida faoliyat yuritadi.

Ma'lumot uchun, Abdumajid Toirov 1974 yil 5 avgust kuni Surxondaryo viloyatida tug'ilgan. Futbolchi sifatida 21 yoshida O'zbekiston oliy ligasida debyutini 1996 yili ASK (Termiz) klubida boshlagan.

Futbolchi klub bilan to'rt mavsumni o'tkazdi va 60 ta o'yinda ishtirok etdi. 2000-yilda esa u o'sha davrning eng kuchli klublaridan biri – Farg'onaning "Neftchi" jamoasiga o'tib, 6 mavsum davomida 160 dan ortiq o'yinda maydonga tushdi. 2001 yilda mamlakat chempioni va to'rt karra kumush medali sovrindori, uch karra O'zbekiston kubogi finalchisi bo'lgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting