locale OZ

\"Navbahor\" futbolchisi Belarus terma jamoasiga chaqirildi

Mazkur yigʻin davomida belarusliklar Qozogʻiston va Rossiyaga qarshi oʻynaydi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Navbahor" futbolchisi Belarus terma jamoasiga chaqirildi
Photo: FCNAVBAHOR

“Navbahor” futbolchisi Sergey Karpovich Belarus terma jamoasi tarkibiga chaqirildi. Bu haqda Namangan klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Belarus terma jamoasi iyun oyidagi FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida, 1–10-iyun kunlari oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkazishni rejalashtirgan. Mazkur yigʻin davomida belarusliklar Minsk shahrida Qozogʻiston (5-iyun) va Rossiya (10-iyun) milliy jamoalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari oʻtkazadi.

Shunga koʻra, Belarus terma jamoasining ushbu yigʻiniga “Navbahor”ning 31 yoshli tajribali himoyachisi Sergey Karpovich ham chaqirildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting