«Navbahor» braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Photo: Navbakhor PFK
Namanganning “Navbahor” klubi braziliyalik himoyachi Julio Cesar Basilio da Silva bilan shartnoma imzoladi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, futbolchi 1996-yil 6-dekabrda Braziliyaning Moji das Kruzis shahrida tug‘ilgan.
Faoliyati davomida Braziliyaning “Amerika RN”, Ispaniyaning “Vilafranka”, Belarusning “Vitebsk”, Indoneziyaning “Borneo” va Ukrainaning “Veres” jamoalarida o‘ynagan.
O‘tgan mavsumda esa Tailandning “Utay Hani” jamoasi sharafini himoya qilgan.
“Umid qilamizki, braziliyalik himoyachi o‘zining chiroyli o‘yinlari bilan jamoamizning muvaffaqiyatlariga munosib hissasini qo‘shadi”, - deyiladi xabarda.
Bahrom Bobonov
Redaktor