\"Navbahor\" 2-davraga Belarusda tayyorgarlik ko'radi
"Navbahor" ikkinchi davraga tayyorgarlikni Belarusda olib boradigan bo‘ldi.
Jamoamiz a’zolari ertadan, ya’ni 16 iyuldan ushbu mavsumning ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlikni boshlashadi. "Lochinlar" chorshanba tongida Toshkentdan Minsk shahriga jo‘nab ketishadi.
Sergey Lushan shogirdlari davralar oralig‘idagi tanaffusda Belarus poytaxtida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishadi. Xorij yig‘ini doirasida nazorat uchrashuvlari o‘tkazishni rejalashtirgan. Raqib jamoalar va nazorat o‘yinlarining sanasi borasida keyinchalik aniq ma’lumot beramiz.
Vakillarimiz 29 iyul kuni yurtimizga qaytishadi», — deb yozadi klub matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun, Namangan jamoasi Superligada birinchi davradan so‘ng 26 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi va "lochinlar" ikkinchi davradagi dastlabki o‘yinini 2 avgust kuni Samarqandda "Dinamo"ga qarshi o‘tkazadi.