locale OZ

Muhammadali Musaxonov: \"Barchamizni maqsadimiz bir, chempion bo'lib ketish\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: gettyimages

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchisi Muhammadali Musaxonov OFK rasmiy sahifasiga intervyu berdi. Yosh futbolchimiz quyidagicha fikrlarni bildirdi:

"Kayfiyatlar a'lo darajada. Barchamiz yarim finalga chiqqanimizdan juda xursandmiz. Keyingi o'yinga juda jiddiy tayyorgarli ko'ryapmiz va biz tayyormiz. Murabbiylarimizga ishonch bildirgani uchun rahmat aytmoqchiman va bu ishonchni oqlash uchun bor kuchimiz bilan harakat qilyapmiz. Muhlislarimizga kattakon rahmat, bizni qo'llab-quvvatlab turishibdi. Albatta har bir bir jamoaning muhlislari bor, lekin biznikilarga yetolmaydi. Islom Ismoilov yaxshi murabbiy. Ko'proq tartibga qaraydilar. O'yindan oldingi har bir gaplari kuch bag'ishlaydi. O'zbekistonning yaxshilaridan biri Eldor Shomurodov terma jamoada ham Yevropada ham yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Ibrohim Halil Yo'ldoshev hamda Xojakbar Alijonovlar yoqadi. Maqsadimiz milliy terma jamoada va Yevropada o'ynash, shuningdek Osiyo hamda Jahon chempioni bo'lish. Bo'sh vaqtimizda jamoaviy filmlar tomosha qilamiz, playstation o'ynaymiz, suhbatlashamiz va saytga chiqamiz. Barchamizni maqsadimiz bir, chempion bo'lib ketish",-deydi futbochi

Eslatib o'tamiz Islom Ismoilov shogirtlari yarim finalda Shimoliy Koreaga qarshi maydonga tushadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting