locale OZ

Mixail Yeremchuk: \"Muhimi – g‘alaba qozonib keyingi bosqichga chiqdik\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mixail Yeremchuk: "Muhimi – g‘alaba qozonib keyingi bosqichga chiqdik"
Photo: Bukhoro PFK

O‘zbekiston Kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Buxoro” – OKMK (3:1) uchrashuvidan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida “Buxoro” katta murabbiyi Mixail Yeremchuk qatnashdi.

"O‘yin Kubokka xos tarzda kechdi. Maydonda ko‘p hissiyot va jang ko‘zga tashlandi. To‘g‘ri, ba’zi holatlarda ikkinchi raqam bo‘lib o‘ynadik, muhimi – g‘alaba qozonib keyingi bosqichga chiqdik. Klubimiz rahbariyatini, muxlislarimizni va jamoa a’zolarini uzoq kutilgan g‘alaba bilan tabriklayman. Bu yog‘iga yana oldinga qarab harakat qilamiz.

— "“Neftchi”ga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng bu o‘yinga tayyorgarlik qanday kechdi?

Orada vaqt kam edi, shu bois asosiy e’tiborni futbolchilarni ruhiy jihatdan tayyorlashga qaratdik. Biz har bir o‘yinga odatdagidek hozirlik ko‘ramiz. Raqibga qarab alohida tayyorgarlik qilmaymiz. Jamoamizda yoshlar ko‘p va ularni bo‘lajak uchrashuvlarga tayyorlab boryapmiz.

Bugungi g‘alabani “Neftchi” bilan durangga almashtirgan bo‘larmidingiz?

Futbolda har doim yutish yaxshi. Bu savolga faqat shunday javob berishim mumkin.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting