locale OZ

Mirzohid G‘ofurov: «Agar «Bunyodkor»ni mag‘lub etsak, bu jamoani ortda qoldiramiz»

Uchrashuv bugun Namanganda bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mirzohid G‘ofurov: “Agar ‘Bunyodkor’ni mag‘lub etsak, bu jamoani ortda qoldiramiz”
Фото: Навбаҳор ПФК

O‘zbekiston Superligasining 25-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinar”ning 37 yoshli tajribali himoyachisi Mirzohid G‘ofurov bo‘lajak bellashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Har ikki jamoa turnir jadvalida qo‘shni bo‘lgani sababli, bo‘lajak bahs keskin va murosasiz kurashlar ostida, tomoshabop kechishi ehtimoli ancha yuqori. Ushbu o‘yinda g‘alabaga erishsak, “qaldirg‘ochlar” bilan o‘rin almashib, bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarilamiz. Shu sababli g‘alaba uchun maydonga tushib, bu maqsadga erishish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

Yangi bosh murabbiy Sherzod Hamidovich Jo‘rayev boshchiligida jamoamiz o‘yini va natijalarida asta-sekin ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bo‘lajak o‘yinda ham raqibni mag‘lub etishga harakat qilamiz.

Ishqibozlardan jamoamizni yolg‘izlatib qo‘ymasliklarini, stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab turishlarini so‘rayman. Biz esa imkon qadar ularga quvonch ulashishga intilamiz, - dedi Mirzohid G‘ofurov klub matbuot xizmatiga.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting