locale OZ

Mirko Yelichich: Biz o‘z muxlislarimizga chiroyli natijani sovg‘a qilmoqchi edik, ammo o‘xshamadi

“Neftchi” 3:1 “Lokomotiv” uchrashuvidan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mirko Yelichich: Biz o‘z muxlislarimizga chiroyli natijani sovg‘a qilmoqchi edik, ammo o‘xshamadi
photo: Lokomotiv fk
O‘zbekiston Superligasi
20.03.2026, Yak.
Neftchi Fargona
3
Lokomotiv Tashkent
1

Superliga 4-turidan o‘rin olgan “Neftchi” 3:1 “Lokomotiv” uchrashuvidan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.

"Avvalo barchani Ramazon Hayiti bayrami bilan tabriklayman. Shunday yaxshi kunda futbol o‘ynadik va o‘yin muxlislarga yoqdi deb o‘ylayman. Biz o‘z muxlislarimizga chiroyli natijani sovg‘a qilmoqchi edik, ammo o‘xshamadi. Ikkala jamoa ham bugun futbol o‘ynadi. Ba’zan shunaqa xatolar uchrab turadi, o‘zimizning xatolar tufayli mag‘lub bo‘ldik.

"Neftchi"ning o‘z maydonida to‘p tepishi raqibga kuch bag‘ishladi. Hozircha "Neftchi" bilan darajamiz bir xil emas va buni to‘g‘ri tushunish kerak. "Neftchi" yildan yilga kuchayyapti, o‘tgan mavsum chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bunday jamoalar ko‘payishi o‘zbek futboli rivojiga turtki beradi. Biz ham shu darajaga chiqishga harakat qilamiz.

- Bugun zaxiradan tushgan futbolchilar o‘yin taqdirini hal qildi. Bu haqda fikringiz?
- Muntazam ijobiy natija ko‘rsatish uchun biz ham zaxiramizni shu darajaga olib chiqishimiz kerak. Buning uchun harakat qilyapmiz, chunki Superligada talab shunaqa. O‘zbekiston terma jamoasining zaxirasi kuchli bo‘lgani uchun ham jamoa kuchli. "Neftchi"dan bir nechta futbolchi termaga nomzod, lekin biz o‘yin oldidan bunga e’tibor qaratmadik. Ular qaysi tarkibni tushiradi, qanaqa futbol o‘ynaydi... Bizning o‘z vazifamiz bor va shunga qarab ish tutamiz. Hozirgi holatda zaxiramizning kuchi shu. Birgalikda ishlab tajriba orttirib boramiz",-dedi mutaxassis.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting