locale OZ

Mbappe — Marokash bilan bahsning eng yaxshi futbolchisi

Kilian turnirdagi 8-golini urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe — Marokash bilan bahsning eng yaxshi futbolchisi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
09.07.2026, Yak.
Fransiya
2
Marokash
0

Kilian Mbappe Marokashga qarshi bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Fransiya milliy terma jamoasi JCH-2026 chorak finalida 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.

«Real» hujumchisi esa jamoasining har ikki golida ishtirok etdi: dastlab oʻzi toʻp kiritdi, soʻng Usmon Dembelega assistentlik qildi.

Maʼlumot uchun, 27 yoshli Mbappe ushbu turnirda uchinchi bor eng yaxshi oʻyinchi sifatida eʼtirof etildi.

Fransiya yarim finalda Ispaniya — Belgiya juftligi gʻolibiga qarshi oʻynaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting